Fakultet tarixi
Turkiston Davlat universitetining (1920 yil) sakkizta fakul'teti qatorida texnika fakul'teti ham faoliyat olib borgan. Universitetning mashinashunoslik bo‘limi 1930 yili O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutining qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash fakul'tetiga aylantirilgan. Fakul'tet bazasida 1931 yili O‘rta Osiy qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish instituti tuzilgan. 1934 yili 11-noyabrda mazkur institut Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish injenerlari institutiga (TIQXMMI) aylantirilgan. O‘z navbatida uning tarkibida qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash fakul'tetining faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha yilning o‘zida fakul'tetda 401 ta talaba ta'lim olgan. Hukumatning 2004 yil 3-sentyabrdagi 415-qaroriga asosan, fakul'tet Toshkent davlat agrar universiteti tarkibiga o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-maydagi PQ 3003-sonli qaroriga asosan fakul'tet yana 2017 yil 2-sentyabrdan boshlab qayta TIQXMMI tarkibida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Fakul'tet bitiruvchilari respublikamiz qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizasiyalashtirishga katta hissa qo‘shgan. Respublika hukumatining a'zolari, qator konstruktor va olimlar yetishib chiqishgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovich 1976–1981 yillarda fakul'tetda tahsil olgan. Shuningdek, turli yillarda sovet ittifoqi qahromoni Viktor Malyasov, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Kizyaev Boris Mixaylovich, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Chernoivanov Vyacheslav Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor Sharipov Qo‘ng‘irot Avazimbetovich kabilar fakul'tetda tahsil olganlar. Fakul'tet rivoji va taraqqiyotiga akademik M.V.Sablikov, O‘zFA muxbir a'zosi G.A.Koshevnikov, xizmat ko‘rsatgan fan arboblari V.I.Lazunov, S.P.Po‘latov, professorlar G‘.Sh.Zokirov, O.V.Lebedov, O.A.Karimov, M.I.Landsman, Ye.K.Baturin, A.I.Korsun, M.S.G‘aniev, R.D.Matchanov, Sh.U.Yo‘ldoshev, A.X.Haydarov, F.K.Dadaboev va boshqalar katta hissa qo‘shgan. Fakul'tetga 2000 yili 17 yil davomida institutga rektorlik qilgan, yirik olim va davlat arbobi, professor Salim Po‘latov nomi berilgan. Fakul'tetda turli yillarda professorlar M.V.Sablikov, Ye.K.Baturin, G.A.Koshevnikov, S.P.Po‘latov, M.I.Landsman, N.V.Sablikov, V.V.Bulkin, N.P.Polikutin, V.A.Ivanov, A.X.Haydarov, S.G.Muhammadjonov, V.V.Baydinger, B.F.Nazarov, A.I.Komilov, O.A.G‘anixo‘jaev, O‘.P.Umurzakov, X.N.Ibragimov, A.S.Sirojiddinov, E.T.Farmonov, U.T.Kuzievlar dekanlik qilgan. Hozirda fakul'tet dekani lavozimida Q.O.Shavazov faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda fakul'tetda Qishloq xo‘jaligi mashinalari, Traktor va avtomobillar, Mashinalardan foydalanish va ta'mirlash va Umumtexnik fanlar kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakul'tetda qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish, qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalari texnik servisi, qishloq xo‘jaligida innovasion texnika va texnologiyalarni qo‘llash bakalavirat yo‘nalishlari hamda qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakul'tet bitiruvchilari Respublikamiz qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizasiyalashtirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Fakul'tet bitiruvchilaridan viloyat va tuman hokimlari, hukumat a'zolari, ko‘pgina konstruktor va olimlar yetishib chiqqan. Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich 1976-1981 yilarda fakul'tetda ta'lim olgan. Shuningdek, turli yillarda sovet ittifoqi qahramoni Viktor Malyasov, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Kizyaev Boris Mixaylovich, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Chernoivanov Vyacheslav Ivanovichlar fakul'tetda tahsil olganlar.