Hamkorlar

Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyasi kafedrasida Ayova shtati universiteti, North Dakota State universiteti, Texas agrar-texnika universiteti (AQSH), Ondokuz Mayis universiteti va Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Harper Adams universiteti (Buyuk Britaniya), Malayziya texnologik universiteti (Malayziya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Rossiya davlat agrar universiteti – Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi, N.V. Rudnitskiy nomidagi Shimoliy-sharqiy agrar ilmiy markazi va Krasnoyarsk o‘lkasi Fan va texnika uyi (Rossiya), M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti va Seyfulin nomidagi Qozog‘iston agrar texnika universiteti olimlari bilan birgalikda o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya, seminar va uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha halqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Respublikada fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi  bo‘yicha  Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sinash va sertifikatlash markazi, “BMKB-Agromash” AJ, “O‘zagroservis” AJ, “O‘zKlaasagro” qo‘shma korxonasi, “Agrixim” qo‘shma korxonasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.