Hamkorlar

Kafedra O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi AJ, Uzklaasagro va Uzkeysservis qo‘shma korxonalari va qishloq xo‘jalik texnikumlari va kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bu hamkorlikda ishlab chiqarish bilan uzviy aloqani ta’minlash, talabalarga amaliy bilim va ko‘nikmalar berish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazani mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotlarini tashkil qilishga katta e’tibor qaratiladi.Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi AJ hududida Uzklaasagro qo‘shma korxonasida kafedra filiali tashkil qilingan va u yerdagi o‘quv xonasida talabalar uchun dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, BMKB “Agromash”, O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda Uzgidromet huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti bilan ilmiy texnologik ekologik muammolar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilmiy tadqiqot ishlari doirasida xamkorlik qilib kelinmoqda. Professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, malaka oshirish, o‘quv-uslubiy materiallar yaratish, yangi o‘quv kurslari tashkil etishda turli loyihalar doirasidarivojlangan xorijiy davlatlar AQShning Ayova shtati universiteti, Vashington shtati universiteti, Shimoliy Dakota shtati universiteti, Viskonsin universiteti va Jorjia texnologiyalar instituti, Janubiy Koreyaning Seul universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan ham xamkorlik qilishmoqda. O‘tgan yillar davomida Vashington shtati universiteti bilan Toshkent shahrida atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar miqdorini o‘rganish bo‘yicha ilmiy loyiha amalga oshirilgan, Shimoliy Dakota shtati universiteti professori Tom Bon kafedradaQishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlarda suyuqlik energiyasidan foydalanish kursi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borgan. Viskonsin universiteti va Jorjia texnologiyalar institutida dotsent Amonov M.O. uzoq muddatli stajirovka o‘tagan. Kafedrada Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash loyihasi doirasida tashkil qilingan Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan moliyalashtiriladigan “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” mavzusida loyiha bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Loyihada AQShning Devis shahridagi Kaliforniya universiteti, Oklaxoma shtati universiteti, Missisipi shtati universiteti va Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti bilan hamkorlik qilinmoqda. Ushbu loyihada:

-qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishining amaldagi o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish, o‘quv rejaga yangi fanlar kiritish;

-xorijiy universitetlarda qo‘llanilgan innovatsion uslublar va kurslarni joriy qilish orqali qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash yangi ta’lim yo‘nalishi dasturini qo‘llab-quvvatlash;

-professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshishiga va ish faoliyati sifatini yaxshilanishiga ko‘maklashish;

-ta’lim jarayonida talabalar ishtirokini va rolini faollashtirish loyihaning maqsadlari sifatida belgilangan.

Shu bilan birga loyixa doirasida O‘zagroservis AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar, Uzkeysservis vaUzklaasservis QKlari,Samavto MChJ va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik kuchaytiriladi.