Ilmiy ishlar
Kafedrada quyidagi ilmiy – tadqiqot ishlari olib borildi va ularning natijalari
Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida 1 ta Davlat byudjeti doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan: “Qishloq xo‘jaligi texnikalari parkidan samarali foydalanish va texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish” (2020-2024 yillargacha, rahbar professor A.Igamberdiev). Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarini “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” asosida 2021 yildan quyidagi ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda faol ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Kafedraning yangi tahrirdagi ilmiy yo‘nalishlari quyidagi mavzular doirasida bajariladi: |
yillar |
Kafedra mudiri va jamoa |
|
2020-2023
|
A.Igamberdiev va professor- o‘qituvchilari |
|
2021-2023
|
S.Aliqulov N.Raziqov |
|
2021-2024
|
B.Xakimov
|
|
2021-2022 |
E.Farmonov
|
|
2021-2024
|
A. Igamberdiev E. Usmonov
|
|
2021-2023
|
A. Igamberdiev G. Usmanova |
Kafedrada 2021 yilda 1 ta DSc doktorant (E.T.Farmonov-3 kurs), 1 ta assistent (U.Berdimurodov) dissertatsiya ishlarini yakunlab asosiy himoyaga chiqishi rejalashtirilgan. 1 ta PhD doktorant (G.Usmanov-1 kurs), 2 ta mustaqil tadqiqotchilar (E.Usmanov va N.Razikov) dissertatsiya ishi mavzularini shaklantirib O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazib, dissertatsiya ishlari ustida ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. OT-I-100 “Bioyonilg‘ida ishlaydigan innovatsion traktor dvigatelini axborot kommunikatsiya texnologiyalar asosida yaratilgan ta’minlash tizimini loyihalash va ishlab chiqish” Davlat Granti bo‘yicha (2021-2022 yillargacha, bajaruvchilar dotsentlar B.Xakimov va dots. N.Xoliqova) mavzudagi ilmiy tadqiqot ishini olib borilmoqdalar va ma’lum natijalarga erishildi. Kafedraning ilmiy ishlariga QXM fakultetining II-IV bosqich talabalari jalb kilingan. Kafedra professor-o‘qituvchilar har yili institutda o‘tkaziladigan «Kishlok va suv xo‘jaligining zamonaviy muoammolari» mavzusida o‘tkaziladigan an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanga talaba va magitrantlarni konferensiyada ma’ruza bilan chiqishga tayyorladilar va ular konferensiyada qatnashdilar. Talaba va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish maqsadida kafedrada “YOsh chilangarlar” to‘garagi tuzilgan. To‘garakda bu yil 13 talaba va 3 ta magistr ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari, talaba va magistrantlarning ilmiy- tadqiqot ishlarining natijalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar nashrlarida muntazam e’lon qilib borilmoqda. Jumladan kafedra bo‘yicha 2 nafar magistrantlar o‘zlarining ilmiy maqolalarini chop ettirishga muvoffaq bo‘ldilar:
- Igamberdiev A.K., Begaliev A.SH., G‘ulamov M.S., Azimov S. Qishloq xo‘jaligi texnikasidan samarali foydalanish, texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish// Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining2021, 25-26-maydagi XX – YOsh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani maqollar to‘plami. Toshkent, TIQXMMI, 2021.-6 b.
- Igamberdiev A.K., Begaliev A.SH., Usmanov E. Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkidan samarali foydalanish va texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish// Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining2021, 25-26-maydagi XX – YOsh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani maqollar to‘plami. Toshkent, TIQXMMI, 2021.-6 b.
- A.K.Igamberdiyev, A. Sh. Begaliyev, E.Usmanov. Efficient use of agricultural machinery park and improvement of technical services system// Collection of articles of the Tashkent Scientific-Practical Conference of Young Scientists, Masters and Gifted Students of the Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers, May 25-26, 2021. Tashkent, TIQXMMI, 2021.-6 p.
- Igamberdiev A.K. - t.f.d., professor, Usmanova G. - 1 kurs doktorant, Usmanov E. –mustaqil tadqiqotchi, G‘ulamov M.S. - QXM mutaxassisligi 2 kurs magistranti. “G‘o‘za qator orasini yumshatadigan ishchi qurol parametrini asoslash// Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining2021, 25-26-maydagi XX – YOsh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani maqollar to‘plami. Toshkent, TIQXMMI, 2021.-6 b.
Kafedraning professorlari va o‘qituvchilari o‘zbek va rus tillarida ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarni o‘tmoqdalar. Kafedrada 3 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 1 ta magistrlik mutaxassisliklariga 15 ta fandan darslar o‘tilmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida kafedrada 12 nafar xodim, jumladan, 1 ta professor, 3 ta t.f.n. dotsent, 3 ta PhD dotsentlar faoliyat yuritmoqda. 05.07.01- “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha 1 nafar doktorant, 1 nafar tayanch doktorant va 3 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar. Kafedrada 2020-2021 yillarda 53 ta ilmiy maqola (shundan, «Scopus» va boshqa nufuzli xorijiy ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari jurnallarida – 10 ta, xalqaro konferensiyalarda – 22 ta; mahalliy jurnallarda 9 ta), 11 ta tezis (shundan, 5 ta xorijiy anjumanlarda), 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 4 ta mualliflik guvohnomasi olindi. Kafedrada 2021 yilda 23 million so‘mlik 3 ta (5 mln. so‘mlik rahbar N.Xoliqova, 8 mln. so‘mlik rahbarA.Igamberdiev, 10 mln so‘mlik, rahbar Z.SHaripov) xo‘jalik shartnomasi bajarilmoqda.