Ilmiy ishlar

Hozirgi kunda kafedrada 19 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 5 nafari professor, 5 nafari t.f.n., dotsent, 3 nafari PhD ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 70 % ni tashkil etadi.

Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

1. Kartoshkalarni yig‘ishtirishda kartoshka tuganaklarini kesak va toshlardan ajratishning ilg‘or texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish.

Asosiy ijrochilar: t.f.n., dots. A.Duskulov, t.f.f.d. X.Maxmudov,

2. Chorvachilik va baliqchilik uchun ozuqalarni maydalab tayyorlaydigan resurstejamkor kichik qurilmalarni ishlab chiqish.

Asosiy ijrochilar: t.f.n., dots. Dj.Alijanov, t.f.f.d. A.Borotov, assistent YA.Jumatov, tayanch doktorant SH.Gapparov.

 3. Qishloq xo‘jaligi uchun resurstejamkor texnologiyalar va texnika vositalarini ishlab chiqish.

Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. B.Xudayarov, t.f.d., prof. B.SHaymardanov, prof. M.SHoumarova, dots. T.Abdillaev, tayanch doktorant SH.Yusupov, stajer-o‘qituvchi Y.Raximov.

4. G‘alla etishtirishning yuqori samarali agrotexnikasi va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarini joriy etish, ish sifati va texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash.

Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. K.Astanaqulov, tayanch doktorant N.Ashurov.

5. Smart qishloq xo‘jaligi tizimi asosida paxta etishtirishning yuqori samarali agrotexnikasi va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarini joriy etish, ish sifati va texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash.

Asosiy ijrochilar: t.f.d., prof. K.Astanaqulov, stajer-o‘qituvchi A.Turdibekov.

Kafedrada shuningdek, 70 mln.so‘mdan ortiq qiymatda xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

2022 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 7 ta patent, Scopus bazasidagi ilmiy nashrlarda 29 ta, xorijiy jurnallarda 10 ta, respublika ilmiy jurnallarida 25 ta, xalqaro  ilmiy anjumanlarda 42 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.