O'qitiladigan fanlar
Bakalavriat bosqichida
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 |
Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalaridan foydalanish |
Kursning maqsadi – talabalarda qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalardan samarali foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyat-larini o‘rgatish, mexanizatsiyalashgan jarayonlarni bajarishda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, dunyoqarashini shakllan-tirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarda qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlari, vositalari va energetikasining turlari, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalarning tuzilishi, ishlashi, texnologik sozlashlari, ularni tanlash va ishga tayyorlash kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. |
2 |
Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalar diagnostikasi va texnik servisi |
Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarni bo‘laklarga ajratmasdan uning texnik holati va nosozliklari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan aniqlash, ularning servisini tashkillashtirish, diagnostikalash texnologiyalari va texnik vositalaridan samarali foydalanish uslublari va ular bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechishni ta’minlash bo‘yicha bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarga qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarga texnik tashxis va servis jihozlari va vositalaridan foydalanish, sinash usullarini, texnik servis korxonalari faoliyati va jarayonlarini tahlil qilish, texnologik shakllantirish, loyihalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va uning rivojlantirish istiqbollari kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
3 |
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi |
Kursning maqsadi – talabalarga marketing tushunchasi va mohiyatini, maqsadini tushuntirish, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalar bozori marketing muhitining holatini o‘rgatish, marketing sohasini rivojlantirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllan-tirishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari marketingi bo‘yicha marketing maqsadlari talablarni shakllantirish va rag‘batlan-tirish, qabul qilinganligini asosliligini ta’minlash, rivojlanish konsepsiyasi, xususiyatlarini, yangi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari uchun raqobat bozorlarini shakllantirish usullarini, dilerlik faoliyatini o‘zaro munosabatlarini, zamonaviy servis tamoyillari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllan-tirishdan iborat. |
4 |
Agrosanoatda texnik tizimlari servisi |
Kursning maqsadi – talabalarda agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, iste’molchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarga agrosanoatda texnik tizimlar: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, iste’molchilarga yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tizimlari servisi faoliyatini tahlil qilish, ularning rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim berish, yangi innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llash, istiqbollarini belgilash kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. |
5 |
Qishloq va suv xo‘jaligi texnikalari resursini tiklash |
Kursning maqsadi – talabalarga qishloq va suv xo‘jaligi texnikasi detallari resursini tiklashning ilg‘or usullarini qo‘llash, takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish, detallar resursini tiklashning o‘ziga xos xususiyatlari va resurs ko‘rsatkichlarini oshirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha bilimlar berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarda detallarni yeyilish jarayonini mashinalarning ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish va tahlil qilish, yeyilishga chidamli materiallar parametrlarini nazariy asoslash, detellarni resursini tiklash texnologiyasi va rejim parametrlarini asoslash, tiklangan qism qatlamning tarkibini aniqlash usullarini, detallarni yeyilishga chidamlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
6 |
Mashinalardan foydalanish asoslari. |
Kursning maqsadi talabalarga qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini o`rgatish, ishlab chiqarish qurollarining maqbul va maqsadga muvofiq tarkibini shakllantirish hamda mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirish, mexanizatsiyalashgan jarayonlarni bajarishda yuqori natijalarga erishish bo'yicha bilim berish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Kursning vazifalari - resurstejamkor ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishda foydalaniladigan mashinalar unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy tamoyillari, ularning samaradorligining nazariy asoslari, mashina-traktor blokining optimal tarkibi va o'lchamlarini tanlash tartibi, mashinalar, telemexanika uchun innovatsion boshqaruv tizimlari va asboblari va uni rivojlantirish istiqbollari muhandislik muammolarini hal qilish uchun chuqur bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
7
|
Qishloq xo‘jaligi texnikalari ergonomikasi |
Kursning maqsadi - talabalarga qishloq xo‘jaligi traktorlari va o‘ziyurar mashinalarida operatorga yaratilgan ish joyi sharoitlari, boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan vositalardan foydalanishda texnika havfsizligi bo‘yicha talablar va tadbirlar, texnikalarda zamonaviy boshqarish va dizayn tizimlari bilan tanishtirish orqali, ularni ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalar - qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarishda operatorning ish joyidagi boshqarish vositalaridan foydalanish, texnika havfsizligini ta’minlash bo‘yicha muxandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning ergonomik ko‘rsatgichlarini o‘rganish jarayonlariga uslubiy yondashish bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. |
8 |
Innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish. |
Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda mashina-traktor agregatlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini taxlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish tartib-qoidalarini, mashinalarni boshqarishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqarish vositalarini maqbul - maqsadli tarkibini shakllantirish, innovatsion texnikalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydala-nishni ta’minlash bo‘yicha bilim va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari - bakalavrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarilishida ishlatiladigan mashina-traktor agregat-lari ish unumini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, mashinalarning ish unumi va sifatiga ta’sir etuvchi omillar, ishlab chiqarish jarayonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularni hal etish tartib-qoidalariga amal qilgan holda innovatsion texnika va texnologiyalarni tanlash hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi muxandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
9 |
Ilmiy izlanish asoslari |
Kursning maqsadi – talabalarga ilm-fan, texnika va texnologiya, muammoni qo‘yish, mavzuni shakllanti-rish,tadqiqot ob’ekti va predmeti, ilmiy tahmin (gipoteza), qonun, tamoyil, mazmun, nazariya, eksperiment, ilmiy izlanishlar usullari va turlarining ilmiy izlanish jarayonida tenzometriya stansiyasi, tenzo-qurilmalari, ossillograf, kuchaytirgichlar, o‘lchashda ishlatiladigan sezgichlar, kuch, kuch mashinasi, burovchi moment va boshqa o‘lchash asboblarini ishlata bilish, mashina va mexanizmlarini konstruksiyalarini takomillashtirish sohasida ilmiy izlanish olib borish bo‘yicha bilim va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarda ilmiy izlanish-larning asosiy tarkibini, hamda strukturasini, turlarini, uslublarini, tajribalarni qo‘yish, olingan natijalarga ishlov berish, xulosalar shakllantirish, joriy etish jarayonlari bilan tanishtish tartib va qoidalarini talabalarga o‘ratish kabi muhandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
10 |
Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va teknik servis |
Kursning maqsadi: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnik servis vositalari va usullaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish va ularning strvisi bo‘yicha yangi nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq murakkab masalalarni yechish, qishloq xo‘jaligi texnikasi maqbul tarkibini, konstruktiv va texnologik hisoblarni bajarish bo'yicha ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari mashina-traktor agregatlarining unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari, agregatlarning maqbul tarkibini tanlash, mahalliy va xorijiy texnikalar servisini tizimlarini takomillashtirish tamoyillari, usullari kabi muhandislik masalalarini hal qilish, ularning iqtisodiy samaradorligini baholash va chuqur bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
11 |
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish |
Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligi sohasida mexanizatsiya vositalaridan yuqori unumdorlikda foydalanish asoslarini, traktorlar va ish mashinalarining tuzilishini va ishlash jarayonini hamda ularning mahalliy sharoitga mos keladigan turlarini tanlashni tashkil etishni bo‘yicha bilimlar berish, texnologik jarayonlarni loyihalash bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishda qo‘llani-ladigan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarining tuzilishi, ishlatish, texnologik sozlash, tanlash, ishga tayyorlash, yetishtirilgan mahsulotlarni yig‘ib-terib olish, dastlabki ishlov berish, saqlash texnologiyalari va mashinalaridan foydalanish jarayonlari va qoidalarini talabalarga o‘ratishdan bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishdan iborat |
12 |
Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnik ta’minoti |
Kursning maqsadi – talabalarga mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularning asosiy nosozliklari, texnik holati, tuzilmalari, asosiy jihozlarining texnik diagnostikasi, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bazasi, mashinalarni saqlashni tashkil etish texnologiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Kursning vazifalari - talabalarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari, mashinalarda sodir bo‘ladigan nosozliklar, ularning oqimi, bartaraf etish, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash, texnik holatini baholash, diagnostikalash va ta’mirlash usullari, texnik servis bazalari, saqlashni tashkil etish texnologiyalari, ulardan samarali foydalanish tartib va qoidalarini talabalarga o‘rgatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari shakllantirishdan iborat. |
13 |
Resurstejamkor texnika va texnologiyalar |
Kursning maqsadi – talabalarga qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or texnologiyalarni, energetikaning zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘nalishlarini, texnika va texnologiyalardan foydalanish samarador-ligini oshirish imkoniyatlarini, resurstejamkor texnikalarni maqbul-maqsadli tarkibini tuzish bo‘yicha bilimlarni berishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarda intensiv ishlab chiqarish texnologiyalarning tamoyillarini, resurs-lardan foydalanish samaradorligining nazariy asoslarini, agregatlar ish bajarayotganda resurs-tejamkorlik parametrlari va ko‘rsatgichlarini, tuproqqa resurs tejamkor ishlov berish jarayonini, masofadan turib boshqarish va uning rivojlantirish istiqbollari kabi muxandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
14 |
Mashina traktor agregatlari ish unumini boshqarish |
Kursning maqsadi – talabalarga texnik bilimlarning nazariy asoslari, mashina traktor agregatlaridan yuqori ish unumi bilan foydalanish usullari, iqtisodiy imkoniyatlariga moslashtirilgan ekinlar yetishtirishda yuqori intensiv va resurstejamkor harakatlanish usullarini tanlashni, murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda mashina traktor agregatlarining texnologik jamlanmalaridan maqbul foydalanish usullarini, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyalari va mashina traktor agregatlaridan foydalanishni energetik tahlil qilish usullarini, mashina traktor agregatlarining maqbul tarkibini asoslash usullarini, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish mohiyati bo‘yicha zarur bilimlarni berish, ularni amaliyotda tadbiq etishdan iborat. Kursning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish bilan birga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida mashina traktor agregatlari bilan bajariladigan texnologik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. |
Magistratura bosqichida
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
15 |
Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis asoslari |
Kursning maqsadi – magistrlarga agrosanoatdagi texnik tizimlarni rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish asoslarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarayotgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va klasterlarda mavjud bo‘lgan mashina-traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari va qonuniyatlarini, mashinalardan texnikaviy foydalanish asoslarini o‘rganish, shu asosida ishlab chiqarish vositalarini maqbul - maqsadli tarkibini shakllantirish, firmaviy texnik servis xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalariii masofadan turib boshqarish tizimini yaratish, mashina-traktor agregatlaridan foyda-lanish samaradorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishni ta’minlashdan iborat. Fanning vazifasi – magistrda ishlab chiqarish texnologiya-larini bajarilishida ishlatiladigan mashina-traktor agregatlari ish unumini oshirishning nazariy va amaliy tamoyillari, ulardan foydalanish samaradorligini nazariy asoslari, dehqon, fermer xo‘jaliklari va klasterlarining tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda mashina-traktor agregatini maqbul tarkib va o‘lchamlarni tanlash, masofadan turib boshqarish va mashinalardan texnikaviy foydalanish samaradorligini oshirishning texnik tizimlardagi muammolarni aniqlash, taxlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, innovatsion ishlanmalar yaratish, texnika va texnologiyalarni tanlash hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi muxandislik masalalarini yecha oladigan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |