Tarixi

Kafedra mudiri

Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich

texnika fanlari bóyicha falsafa doktori, Dotsent

p.berdimuratov@tiiame.uz

+99871-237-05-86

 

 

 


“Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi 1937 tashkil etilgan. 1938 yildan “Mashinalardan foydalanish” kafedrasi nomi bilan atalgan. Keyinchalik kafedraning nomi “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasi nomiga o‘zgartirilgan. Kafedra tashkil topgan ilk davrlarida dotsent V.E.Konkov boshqargan. V.E.Konkov kafedraga 1951 yilga qadar rahbarlik qildi. O‘sha yillari kafedrada institutning birinchi qaldirg‘ochlaridan biri - M.S.Lutsenko faoliyat olib borar edi. U 1960 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va dotsent ilmiy unvonini oldi, hamda kafedraga mudir qilib saylandi.  M.S Lutsenko kafedrani 1967 yilgacha boshqarib kelgan. Urush yillaridan keyin muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqealardan biri - dotsent V.E.Konkov xamda katta o‘qituvchi M.S.Lutsenkolarning qator ilmiy izlanishlari asosida  chop etilgan “комплексная механизация хлопководства» nomli kitobi bo‘ldi. 1950 yillarda kafedra faoliyatining rivojlanishi, ish hajmining oshganligi sabali kafedraga texnika fanlari nomzodi M.I.Landsman va keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti TIQXMMI bitiruvchilaridan  N.A.Jelnov, M.N.SHarapov, A.I.Korsunlar kafedraga ishga qabul qilingan. O‘sha yillarda kafedrada aspirantura bitiruvchilaridan T.M.Musaev va V.P.Grudsinlar o‘qituvchi sifatida ilk faoliyatlarini boshlaganlar.  1967 yil dekabr oyida kafedra mudiri lavozimiga dotsent M.I.Landsman saylanadi. U raxbarligi davrida kafedradagi ilmiy ishlarga e’tiborni kuchaytirdi. Shu yillar ichida o‘qituvchilardan M.Anarkulov, Z.Yusupov, F. Dadabaev, SH.Urdievlar va laboratoriya mudiri S.Aliqulovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. O‘sha vaqtlarda kafedrada 13 ta o‘qituvchidan 10 tasi nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan edilar. 1984 yildan kafedraga dotsent F.Q.Dadabaev mudir etib saylanadi. Kafedra xodimlaridan SH.U.Yuldashev 1981 yilda, A.I.Korsun 1983 yilllarda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar va shu yili Sh.U.Yo‘ldashev “Mashinalar remonti” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga saylandi.  1995-2002 yillarda “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedrasini dotsent S.S.Sulaymonov  boshqargan. 2002 yildan “Mashinalar remonti” va “Mashina traktor parkidan foydalanish” kafedralari birlashtirilib “Mashina traktor parkidan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent E.T.Farmonov mudir bo‘lib saylandi.  2004 yildan Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Toshkent Davlat agrar universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan  universitetda  bu kafedra “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi bilan birlashtirilib “Qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi tashkil topadi va unga dotsent O.O‘rinboev mudir etib saylanadi. 2005-2010 yillarda dotsent D.Alijanov, 2010-2012 yillarda professor B.P.Shaymardonovlar kafedrani boshqargan. 2012 yil kafedra ikkiga ajraldi,  uning asosida “Qishloq xo‘jaligi  mashinalari” va “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedralari tashkil topdi. “Mashina traktor parkidan foydalanish va texnik servis” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga dotsent R.Xalilov saylandi. 2017 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № 3003 Qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti tashkil etildi va undagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti tarkibida «Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi tuzildi va kafedra mudiri lavozimiga dotsent A.K.Igamberdiev saylandi. Kafedramizda jami 9 ta professor-o‘qituvchi va hodimlar bo‘lib, shu jumladan, 7 ta dotsent (1 ta o‘rindosh), 2 ta assistent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Kafedra nomi 2023-yil fevral oyida “Muhandislik tizimlarini boshqarish” nomiga almashdi. 2023yil 31-avgustdan Berdimuratov Paraxat Tajimuratovich “Muhandislik tizimlarni boshqarish” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

Qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar