Faol, tashabbuskor yoshlar bilan onlayn uchrashuv
18 sentabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.K.Choriyev bilan institutda ta'lim olayotgan iqtidorli, faol, tashabbuskor yoshlar bilan online uchrashuv bo'lib o'tdi. Dastlab, institut yoshlar yetakchisi A.Berdimurodov tomonidan guruh nima maqsadda tashkil etilgani, qanday jarayonlar orqali "1000 nafar eng faol talabalar" guruhi shakillantirilgani haqida qisqacha to'xtalib o'tildi.
Uchrashuvni ochib berish hamda talabalarni taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida R.Choriyevga so'z berildi. R.Choriyev bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, hozirgi kunda yoshlar siyosatiga davlat siyosati darajasida qarab, yosh avlodni ma'nan va jismonon barkamol qilib tarbiyalash bejiz emasliki, kelajak avlod bu - Vatanimiz egalari, ravnaqida asosiy ro'lni bajaruvchi shaxslar ekanini takidlab o'tdi. Ustozimiz, so'z davomida institut yoshlar soxasidagi yutuqlarga, kelajakda amalga oshirishimiz kerak bo'lgan asosiy missiyalarimiz haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, faollardan ham ko'plab takliflar bildirildi, yoshlar yetakchisi hamda Prorektorimiz har bitta savolga va tashabbusga munosabat bildirib o'tdi.
Tadbir davomida, darslar online platformalar orqali bo'layotganidan, bo'sh vaqtlaridan samarali foydalanib kelayotgan yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar bilan tanishdi, Pandemiya davrida talabalarimiz ajoyib natijalarga erishgan, shaxsiy rivojlanish uchun foydali kitoblar o'qib, IT soxasiga mustaqil dasturlarni o'rganib chiqishgan, chet tillariga qiziqishi yuqori bo'lgan talabalar IELTS sertifikatlarini qo'lga kiritgan, online ta'limdan ham samarali taraflarini ko'rib bilgan yoshlarga kelgusi faoliyatida ulkan natijalarga erishishiga tilakdoshmiz. Qadrli yoshlar o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang!