Aql gimnastikasi

   "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti 2020-2021-o‘quv yili 1-kurs talabalari o‘rtasida 2020-yil 16-dekabr kuni Institut sport majmuasida “Sport - sog‘lik garovi” shiori ostida sportning shashka va shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdan maqsad talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk inson sifatida voyaga yetishiga yordam beradi. Tadbirda fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi murabbiylari, fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari faol ishtirok etishdi. Musobaqa murosasiz ko‘tarinki ruhda, faol tarzda o‘tdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha  g‘oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandilar.

                     

    TIQXMMI matbuot xizmati