KIYINISH MADANIYATI KISHINING "TASHRIF QOG‘OZI"DIR

2022 yil 8 aprelda QXM fakultetida Xotin-qizlar kengashi raisi N.Xoliqova boshchiligida “Kiyinish madaniyati kishining tashrif qog‘ozidir” mavzusida fakultet ayol o‘qituvchi va xodimlari bilan birgalikda yig’ilish o’tkazildi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari” bo‘yicha suhbat o‘tkazish. Bugungi shiddatli davr yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ta’lim dargohlarida kiyinish madaniyatiga ham katta e’tibor berish talab qilinmoqda. Insonning kiygan kiyimi atrofdagilarda u haqidagi ilk taassurotni paydo qiladi. Kiyim inson ma’naviy dunyosining bir qismi. Undagi har bir element aslida o‘zimiz to‘g‘rimizda so‘zlaydi. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning diqqatini tortmasligi lozim.

To‘g‘ri, zamon bilan hamnafas yashash lozim, lekin, nufuzli oliy ta’lim dargohining o’qituvchisi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, odob-axloq qoidasiga binoan kiyinishi va belgilab qo‘yilgan tartibga rioya qilishi lozimligi haqida davra suhbati o‘tkazildi.