ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBURGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2023 yil 25 yanvardagi PQ-20-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yilning 10 fevral kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakultetida Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zaxiriddin Muxammad Boburning tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangshan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda dastlab fakultet dekani Qodirjon Shavazov so‘zga chiqib, Zaxiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar. Shundan so‘ng “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakultetining iqtidorli talabalari o‘zlarining Zaxiriddin Muxammad Boburga bag‘ishlangan turli sahna ko‘rinishlari bilan faol ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektori Choriyev Roʻzimurat Kungratovich so‘zga chiqib, tadbirda ishtirok etgan talabalarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar va prorektor va dekan o‘zlarini esdalik sovg‘alarini ishtirokchilarga topshirdilar.