Fan dasturilari muhokamasi

Fan dasturilari muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari ishlab chiqarishdagi asosiy kadrlar buyurtmachilari va hamkor tashkilotlar hisoblangan Agroxolding Gold Dray Fuds “GDF” ishlab chiqarish korxonasigа 2022 yil 9-mart kuni tashrif buyurdilar. Agroxolding Gold Dray Fuds “GDF” ishlab chiqarish korxonasi yetakchi mutaxassislari bilan ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida, 60811300-QXMSDIT ta'lim yo'nalishining malaka talabi, o‘quv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va silabuslar mavzulari bo‘yicha tahliliy taqdimot o'tkazildi. Muhokamada oliy ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash uchun o‘quv rejalaridagi ayrim fanlar va fan dasturlari mavzulariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taklif etildi.

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta

o‘qtuvchisi  K.Usmonov axboroti

Universitet matbuot xizmati