Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif

Bugun Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan minglab ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, universitetimizning QXM fakulteti tyutori Xudoynazarova D. boshchiligida talabalar qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning yod etish milliy ma’naviyatimizni chuqur tafakkur qilish uchun “Qatag‘on qurbonlari” maydoniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida muzey faoliyati va u yerdan joy olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey 10 bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda tarixiy dalillarga asoslangan hujjatlar, faktlar o‘rin olgan. Muzeyidagi barcha tarixiy manbalar xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.