Traktor va avtomobil kafedrasi professor o'qituvchilarining Piskent tumanidagi 17 va 18 maktablariga tashrifi.

2022 - yil 22 - aprel kuni “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi professor o’qituvchilari Umirov N.T va Abduraxmonov Sh. X. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining 2022 - yil 7 - apreldagi 08-942-sonli xatiga asosan kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 17-maktabga tashrif buyurib, maktab o’quvchilari  bilan turli mavzularda suhbatlasildi. Maktab hududida tashkil etilgan “Kitoblar” ko’rgazmasida ishtirok etishdi. Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori, maktab pedagogik jamoasi  va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘rida ma’lumotlar olindi. Maktab direktori maktabda ingliz tili, fizika, ona tili, rus tili o’qituvchilari yetishmasligini aytib, bu fan o’qituvchilarini o’rnini to’ldirish uchun talabalarni jalb qilinganligini takidlab o’tdi.

Maktabda bo’layotgan  dars jarayonlari  tahlil qilindi. Masalan: Andaqulova Feruza 9-sinf o‘quvchilariga “Geografiya”  darsi tahlil qilindi. Dars jarayonida o‘qituvchi o‘tilgan dars bo‘yicha qisqa savol - javob qildi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot olib borildi. Bugungi dars o‘qituvchi tomonidan tushintirildi. Dars jarayonida “Baliq skleti” sxemasi metodidan foydalandi.   Har bir o‘quvchilar savol -javobda faol qatnashdi. Darsda kuzatilgan kamchiliklar, o’quvchilarning barchasini bir vaqtni o’zida nazoraga olish, ularning har biriga alohida topshiriq berishga vaqt yetmay qoldi. sababli kerakli tavsiyalar berildi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun kerakli tavsiyalar berildi. Bugungi tadbir yakunida maktab jamoasiga esdalik sovg’alari topshirildi.