Hamkorlar

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining «Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta’minlash, talabalarga bilim berish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va xomiylik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Germaniyaning LEMKEN firmasi bilan xamkorlik qilinmoqda. Bundan tashqari ToshDAU va TIQXMMI hamkorlikda bir nechta loyihalar va seminarlar tashkil etib ularni muvafaqiyatli amalga oshirib kelmoqdalar.

Kafedra mutaxassis ixtisoslashuviga mos O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini sinash, sertifikatlashtirish davlat markazi, hamda TIQXMMI qoshidagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy texnologik muammolar, ilmiy texnologik muammolar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilmiy taqiqot ishlar bo‘yicha innovatsion xamkorlik qilib kelmoqda.