Ilmiy ishlar

Kafedrada quyidagi ilmiy – tadqiqot ishlari olib borildi

2019-2020 o‘quv yilida kafedrada fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani takomillashtirish maqsadida institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ITI rejalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Jumladan:

Ochiq maydonlar va ekin orasiga kuzgi bug‘doy ekish oldidan sifatli uvalangan ishlov berib, egat shaklini shakllantirib beradigan suvtejamkor texnologiya va texnik vositani yaratish;

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini bajarish uchun ishlov beriladigan maydon shakli va o‘lchamlari hamda agregatning foydalanish ko‘rsatgichlariga asosan uning eng maqbul tarkibini aniqlash;

Paxtachilik mashina-traktor agregatlarining ish unumini kinematik parametrlari va manevrchanligini oshirish hisobiga ta’minlash masalalari.

Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini bajarishda energiya-resurstejamkor texnologiyalar hamda texnik vositalardan samarali foydalanish ko‘rsatgichlari asosida ularning eng maqbul tarkibini aniqlash, ishlab chiqish va tadbiq etishga qaratilgan.

Kafedrada “Ekin orasi tuprog‘iga ishlov berishning suvtejamkor texnologiyasi va texnik vositasini takomillashtirish”, “Uzumzorlar va mevali bog‘lar zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan purkagichlarni takomillashtirish”, “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini bajarish uchun ishlov beriladigan maydon shakli va o‘lchamlari hamda agregatning foydalanish ko‘rsatgichlariga asosan uning eng maqbul tarkibini aniqlash“, G‘ildirakli traktorlar bazasidagi paxtachilik mashina-traktor agregatlarining kinematik parametrlarini takomillashtirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, bunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga keyingi yillarda joriy etilayotgan rivojlangan mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiyalar, texnik vositalar bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, ularning joylarda samarali foydalanish va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1.

Ekin orasi tuprog‘iga ishlov berishning suvtejamkor texnologiyasi va texnik vositasini takomillashtirish

Paxtadan bo‘shagan dalalarda kuzgi bug‘doy ekish oldidan ishlov berish va ekishda ishlatiladigan ishchi organlar ta’siri ostida tuproqlarni parchalash va egatchalar hosil qilish qonuniyatlarini aniqlash asosida resurstejamkorlikni ta’minlovchi agregatni yaratishning ilmiy-texnikaviy yechimini ishlab chiqishdan iborat.

Seyalkaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan, sanoat nusxasini “Chirchiqqishloqmash” OAJ dan 29.06.2016 y. 521 – sonli tajriba – sanoat nusxasini ishlab chiqarishga tayyorligini bildiruvchi 29.06.2016 y 520 sonli dalolatnoma, ishlab chiqarishga qabul qilganligi haqida 07.09.2016y. 699-sonli kafolat xati olingan;Olingan natijalar: