2022 yil 18 aprel kuni KXM fakulteti xotin -qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi N. A. Xoliqova va fakultet xotin - qizlarining tashabbusi hamda fakultet dekani K. Shavvazov tashabbuslari bilan “Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak” iborasiga amal qilgan holda 3 - TTJ da yashovchi QXM fakulteti qizlariga iftorlik dasturxoni yozildi.
Bu tadbirni tashkillashtirib, yaqindan yordam bergan fakultet dekani oʻrinbosari A. Baratov, xotin - qizlar maslahat kengashi raisasi N. Xoliqova hamda barcha ustozlar tyutorlarning xizmati beqiyos. Iftor dasturxoniga tayyorlangan pishiriqlarni qizlarimiz oʻz qoʻllari bilan mazali qilib tayyorlashdi. Bir dasturxon atrofida oʻz farzandlaridek mehr koʻrsatib, ularni ardoqlagan fakultetga olloh oʻz rahmatlarini beqiyos yogʻdirishi tabiiy. Bu tadbirdan qizlarimiz yanada maʼnaviy kuch olib ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi.