“AJDODLARIMIZDAN O‘RGANAMIZ” NOMLI TADBIR

“AJDODLARIMIZDAN O‘RGANAMIZ” NOMLI TADBIR

2022 yil 2 mart kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida dastlab Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hakali atrofida shoir tomonidan yozilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “O‘zbekiston”, “Shoir yuragi” nomli kitoblaridagi she’rlari talabalarimiz tomonidan yodga olindi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston xalq shoirasi va Sotsialistik Mehnat Qahramoni Zulfiya Isroilova tavalluding 107 yilligi munosabati bilan shoiraning xaykali oldida talabalarimiz Urush davrida yozgan “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida” kabi to‘plamlarini yod oldilar.