Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi bo‘yicha QXM fakultetidagi onlayn ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Institutda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov tashabbusi bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani olib borib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Assambleyasining 75-sessiyasida tarixda birinchi bor o‘zbek tilida nutq qilganini ta’kidladi. Shuningdek, Q.Shavazov shu anjumanda Prezidentimiz tomonidan ko‘tarilgan 9 ta tashabbus Koronavirus pandemiyasi, Islohotlar, Yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlarining jahonga chiqishi, Afg‘on xalqiga tinchlik va bunyodkorlik, Global iqlim o‘zgarishi va Orolbo‘yi muammosi, Qashshoqlikka qarshi kurash xaqidagi ma’ruzalarni talabalar mushohadasiga tortiq qildi. Tadbirda fakultetning 250 nafar talabalari ishtirok etidilar. Shuningdek, har haftaning juma kunlari o‘tkazilayotgan axborot darslari yuzasidan bugungi “Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati” mavzusidagi materiallarni talabalarga taqdimot qilib berdi. Tadbir so‘ngida turli masalalar bo‘yicha fakultet dekani zoom dasturi orqali bo‘layotgan darslarga talabalarning qamrovini yanada oshirish, qolgan barcha darslar bo‘yicha moodle.tiiame.uz ga kirib batafsil ma’lumot olishini, qarzdor talabalarning tezroq qarzdorligini bartaraf qilishliginiva albatta, 2-3-4 bosqich talabalarning 2020-2021 o‘quv yili uchun shartnoma pullarini to‘lash lozimligi tushuntirildi.

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov axboroti.

TIQXMMI matbuot xizmati