Ilmiy ishlar

ILMIY ISHLAR

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet ellardagi ilmiy va ilmiy-texnik nashrlarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan 2005-2019 yillarda tayyorlangan 11 ta ilmiy ma’ruzalari va maqolalari Rossiya va Qozog‘istonning ilmiy nashrlarida e’lon qilingan. Shu davr mobaynida kafedrada 4 ta o‘quv qo‘llanma, 80 tadan ortiq o‘quv-metodik ko‘rsatmalar va 100 tadan ortiq ilmiy ma’ruzalar va maqolalar chop etilgan. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentliginining 10 ta guvohnomasi olingan.