O'qitiladigan fanlar

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Traktor va avtomobillar

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish majmuida ishlatilayotgan traktor va avtomobillarning vazifasi va tuzilishi, ularning mexanizm va tizimlarining ishlashi, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari, ichki yonuv dvigatellari nazariyasi, xamda traktor va avtomobillar nazariyasi asoslari va xisobi bo‘yicha bilimlar beradi.

2

Mobil energetika

Qishloq va suv  xo‘jaligi ishlab chiqarish majmuidagi mobil energetik vositalarida ishlatiladigan yonilg‘i moylash materiallari, ichki yonuv dvigatellari tuzilishi va nazariyasi, traktor va avtomobillarning vazifasi, tuzilishi va nazariyasi asoslari va xisobini o‘rgatadi.

3

Issiqlik texnikasi

 

Issiqlik texnikasi va issiqlikni qishloq xo‘jaligida qo‘llashning asosiy tushunchalari, ularning nazariy asosini tashkil qiluvchi texnikaviy termodinamikaning asosiy qonunlari va prinsiplari o‘rgatiladi. Qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanishda ishlatiladigan qurilmalar bilan tanishtiriladi

4

Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari

Termodinamika va issiqlik uzatish qonunlarini, gaz va bug‘larning fizik xususiyatlarini, issiqlik energetika qurilmalarini ishlatish asoslarini, termodinamika qonunlariga doir masalalarni yechish yo‘llarini o‘rgatadi

5

Yonilg‘i-moylash materiallari

Neft mahsulotlari xaqida umumiy tushunchalar berilib, qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanilayotgan yonilg‘i moylash materiallarining turlari va  ularning fizik-mexanik xossalarini o‘rgatadi.

6

Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizligi

Yo‘l xarakati qoidalari va xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, qoidalarda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar, yo‘l belgilari, haydovchi va yo‘lovchilarning vazifalari, yo‘llarda transport vositalarining xarakatlanish qoidalari, yo‘llarda xarakatlanish xavfsizligi asoslarini o‘rgatadi.