Tarixi

Astanaqulov Komil Dullievich

kafedra mudiri,texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim 

Теl.: 71-237-19-07

Email:k.astanakulov@tiiame.uz

 



Kafedra 1929 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti bazasida ochilgan. Keyin O‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti tarkibiga ko‘chirilgan va unga professor YA.Moiseevich rahbarlik qilgan. Toshkent qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya injenerlari instituti tuzilgandan so‘ng, rafedraga uzoq yillar davomida akademik M.V.Sablikov rahbarlik qildi. M.V.Sablikov vertikal shpindelli paxta terish apparati nazariyasini asoschisi hisoblanadi.

1957 yil M.V.Sablikov Moskvadagi qishloq xo‘jaligi akademiyasiga ishga chaqirilgan. Uning o‘rniga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi V.I.Lazunovni kafedra mudiri qilib tayinlashgan. V.I.Lazunov vertikal shpindelli paxta terish apparati kinematik parametrlarini asoslashga katta ulush qo‘shgan olimdir. V.I.Lazunov vafotidan so‘ng, 1972-1983 yillari kafedraga professor S.P.Po‘latov raxbarlik lavozimiga tayinlangan. S.P.Po‘latov qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy modda eritmalarini purkaydigan OVX-14 mashinasini yaratgan mualliflar qatorida Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Professor S.P.Po‘latov Respublika Oliy ta’lim vaziri bo‘lib ishlagan vaqtda ham kafedra rahbari bo‘lgan. S.P.Po‘latov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va Toshkent avtomobil yo‘llari institutlarida uzoq vaqt rektor bo‘lib ishlagan.

1983-1988 yil Kafedra mudiri bo‘lib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator professor M.S.G‘aniev tayinlanadi. Professor M.S.G‘aniev g‘o‘zapoya yig‘ishtirishni mexanizatsiyalash vositalarini yaratishga raxbarlik qilgan.

1987 yil Kafedra mudiri etib dotsent T.Abdillaev tayinlangan. 1989 yili kafedra mudiri etib akademik R.D.Matchonov tayinlangan. Professor R.D.Matchonov paxta terish mashinalarini takomillashtirishga katta hissa qo‘shgan olim. 2000-2004 yillarda dotsent B.Y.YUsupov kafedraga raxbarlik qilgan.

Kafedra olimlari Respublikamiz Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni rivojlantirishda ko‘p xizmat qilganlar. Professor M. SHoumarova 1971 yili o‘zbek ayollari ichidan birinchi bo‘lib texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Kafedra o‘qituvchilaridan N.P.Polekutin, K.I. Isaev, D.M. Musaev pluglarni takomillashtirish bo‘yicha, M.B.Bogatiryov, G.A. Timofeev, B.U. Utepov seyalkalar bo‘yicha, B.M. Koltunov, SH. Dadajonov, A.N. SHirmanov, M.SHoumarova, T. Abdillaev,
A. Duskulovlar paxta terish mashinalari bo‘yicha, B.Xudayarov kombinatsiyalashgan agregat bo‘yicha, A.Sirojiddinov, D.Alijanov ozuqa maydalagichlar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borishgan.

Kafedra o‘qituvchilaridan professor M. SHoumarova bilan hamkorlikda dotsent T. Abdillaev o‘quv adabiyotlarini yaratish ustida ko‘p mehnat qilishgan. Ular oliy talim va o‘rta maxsus kasb-xunar kollejlari uchun 14 ta darsliklarni yozib nashr etishga erishdilar. Oliy ta’lim va kollejlar uchun yozilgan “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fani bo‘yicha darslik eng yaxshi darslik Respublika tanlovida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan.

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar