Bakalavriatura yo'nalishlari

5111020 – Kasb ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash-tirish)

5111020 – Kasb ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiya-lashtirish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari  qishloq xo‘jaligi texnikalarini loyihalash va ulardan foydalanish metodlarini o‘rganish, mashinalardagi ish jarayonini o‘rganish,  ulardan foydalanish ta’mirlash hamda takomillashtirish jarayonla-rini o‘zlashtirish, traktor mashinalar tizimlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini qo‘llash,  qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish  va ta’mirlash strategiyasini belgilash, qo‘llash, texnik ekspluatatsiya prinsiplarini tuzish hamda loyihalash, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-xunar kollejlarida o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

5430100 – “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash-tirish”

5430100 – “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kelajakda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sub’ekti va ob’ektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini boshqarish, turli mulkchilik shakldagi korxonalarni, qo‘shma va xorijiy korxonalarni, tashqi iqtisodiy faoliyatni, xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarni tashkil etish va boshqarish vazifalarini bajaradigan rahbar hodimlar bo‘lib yetishadi. Ular qishloq xo‘jaligi tizimlari texnika boshqarmalari, Agrotexservis tizimlari boshqarmalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi loyiha tashkilotlarida rahbar hodim bo‘lib ishlay oladilar.

5430300 – “Qishloq  xo‘jalik va meliorativ texnikalari texnik servisi”

5430300 – “Qishloq  xo‘jalik va meliorativ texnikalari texnik servisi” bakalavriat ta’lim yunalishi bitiruvchilari qishloq va suv xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida, jumladan qishloq va suv vazirligi, viloyat va tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘limlari, agrotexnologiya tizimi MTP va agrotexservis boshqarmasi, suv iste’molchilari uyushmalari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarma tashkilotlarida bosh muhandis va injener mexanik lavozimlarida, shuningdek, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy hodim lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.